DXX Quvasoyda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatini aniqladi

    Mahalliy xususiy korxona tomonidan hech qanday hujjatlarsiz, yashirin ravishda tabiiy gazga ulanib, 3 ta xumdonda 72 ta yasama gaz yondirgichlar orqali ohak ishlab chiqarilgan.

    Davlat xavfsizlik xizmatining Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi, “Hududgaz Fargʻona” gaz taʼminoti filiali va “Oʻzbekneftgazinspeksiya” Fargʻona viloyat boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda Quvasoy shahrining Oʻrmiyon qishlogʻida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

    Jumladan, mahalliy xususiy korxona tomonidan hech qanday hujjatlarsiz, yashirin ravishda tabiiy gazga ulanib, 3 ta xumdonda 72 ta yasama gaz yondirgichlar orqali ohak ishlab chiqarilgan.

    Mutaxassislarning dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, oʻtgan yilning iyun oydan joriy yilning mart oyiga qadar 18 mln. 314 ming m³ tabiiy gazdan qonunga xilof ravishda foydalanish natijasida davlat manfaatlariga 18 mlrd 314 mln soʻmlik zarar keltirilgan.

    Holat yuzasidan DXX Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.