Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 50 ta davlatidan jami 298 nafar dzyudochi medallar uchun bahslashmoqda. Quvonarlisi, turnirda mamlakatimiz sharafini Bahrom Boturov (-60 kg), Shahram Ahadov (-73 kg) va OʻtkirbekToʻraboyev (+100 kg) himoya qilmoqda.
Shu yilning 1-fevral kunidan oʻrin olgan bellashuvlarda ikki nafar polvonimiz tatamiga chiqadi. Aniqrogʻi, BahromBaturov ozarbayjonlik Huseyn Allahyarov bilan kuch sinashsa, Shahram Ahadov saralash bosqichida Hong Nin Mak(Gonkong) va Jerom Zelman (Kot-dʼIvuar) bahsi gʻolibiga qarshi jang qiladi.