Bugun ogʻir vazn toifalarida gʻoliblar aniqlandi.

-90 kg vazndagi bellashuvlarning finaliga ikki nafar hamyurtimiz yetib bordi. Shahzodxoʻja Sharipov va Nurbek Murtazoyev oʻrtasidagi bahs Sharipovning gʻalabasi bilan yakunlandi. Shuningdek, Marjona Koʻchimova -78 kg ham shohsupadan joy oldi.

Oltin medal:

  • -90 kg: Shahzodxoʻja Sharipov

Kumush medal:

  • -90 kg: Nurbek Murtazoyev

Bronza medal:

  • -78 kg: Marjona Koʻchimova

Shu tariqa, dzyudochilarimiz yakkalik bahslarida 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 7 ta medal bilan umumjamoa hisobida Yaponiyadan keyin ikkinchi oʻrinni egallashdi.

Ertaga aralash jamoaviy dasturda bellashuvlar oʻtkaziladi.