"E-auksion"da Chirchiq shahridagi yer 23 baravar qimmatga sotildi

    Boshlangʻich narxi 26,3 million soʻm boʻlgan 0,21 gektar yer uchastkasi maktabgacha taʼlim muassasalari qurish uchun ijara huquqi bilan 620,9 million soʻmga baholandi.

    Bir kunlik savdolar natijasida boshlangʻich narxi 24,2 milliard soʻm boʻlgan 944 ta savdo obyekti 44,9 milliard soʻmga realizatsiya qilindi.

    14 ta davlat aktivi sotilgan boʻlsa, 93 tasi ijaraga berildi. 262 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari sotildi.

    Jumladan, davlat mulki ijaraga berish yoʻnalishida:

    — Toshkent shahar, Chilonzor tumanidan yillik ijara stavkasi 10,9 million soʻm boʻlgan Respublika olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejining boʻsh turgan bino qismi uchun 168,6 million soʻmga taklif berildi.

    Tadbirkorlik uchun yer uchastkalari yoʻnalishida:

    — Toshkent viloyati, Chirchiq shahridan boshlangʻich narxi 26,3 mln. soʻm boʻlgan 0,21 gektar yer uchastkasi maktabgacha taʼlim muassasalari qurish uchun ijara huquqi bilan 620,9 million soʻmga baholandi.

    — Buxoro viloyati, Buxoro tumanidan boshlangʻich narxi 60,3 mln. soʻm boʻlgan 0,041 gektar yer uchastkasi koʻp qavatli uy-joy qurish uchun ijara huquqi bilan 638,7 mln. soʻmga sotildi.

    — Toshkent viloyati, Olmaliq shahridan narxi 7,2 mlrd. soʻm boʻlgan 4,97 gektar yer uchastkasi klinikalar, dispanserlar, dorixonalar qurish uchun mulk huquqi bilan 8 mlrd. soʻmga sotildi. Bu haqida “E-auksion”elektron savdo platformasining rasmiy telegram kanalida xabar berildi.