Maʼlumki, “Barselona” birinchi oʻyinda oʻz maydonida “PSJ”ga yirik (1:4) hisobda yutqazgan edi. Shunga qarmay, Ispaniya klubi Parijda ajoyib oʻyin koʻrsatdi, lekin koʻplab vaziyatlardan foydalana olmadi. Yevropaning kuchli klublari oʻrtasidagi bahsning 31 daqiqasida Mbappe hisobni ochgan boʻlsa, 37 daqiqada Messi javob toʻpini kiritdi. Oʻyinning birinchi taymiga qoʻshib berilgan vaqtda Messi 11 metrlik jarima toʻpini darvozaga yoʻllay olmadi. Shunday qilib, “PSJ” chorak finalga yoʻl oldi.

“Turnirni tark etyapmiz va bu – sportdagi eng muhim jihat, — dedi oʻyindan soʻng “Barselona” ustozi Kuman Marcaʻga bergan intervyusida. — Ammo hissiyotlar yomon emas. Raqibga qiyinchilik tugʻdirgan imkoniyatlarga ega boʻldik.

Birinchi boʻlimda “PSJ” dan yaqqol ustun edik. Kamida 2:1 natijaga erishsak boʻlardi. Oʻshanda ikkinchi boʻlimda boshqacha oʻynardik...”

“Liverpul” ikkinchi oʻyinda ham 2:0 hisobida gʻolib chiqdi va qiyinchiliksiz chorak final masalasini hal qildi. Gollarni Saloh (71) va Mane (74) kiritdi. Jamoa birinchi oʻyinda ham shunday hisobda gʻalaba qozongandi.