Qoʻngʻirot tumani markazidan 15 km masofada joylashgan “Buraxan ota” tarixiy yodgorligi Buyuk ipak yoʻlidagi eski qalʼalardan biri hisoblanib, Islom dini manbalarida “Madmina Xvond Buraxan” nomi bilan atalgan.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining tarix fakulteti arxeologiya kafedrasi professor oʻqituvchilari va 1-bosqich talabalari “Buraxan” tarixiy yodgorlik majmuasida arxeologik izlash ishlarini olib borishmoqda.

Qazish, izlash ishlari davomida ushbu joydan 11-12 asrlarga tegishli tarixiy kuza, 9-asrga tegishli tandir, eski arab harflari bilan yozilgan sferokonuslar topildi.