Bu haqda xorijiy OAVlar xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, seshanba kuni Gubada tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi va unda Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmad, shuningdek, Somali, Jibuti va Keniya Prezidentlari ishtirok etgan.
Zavodning qurilishi 2011-yilda mamlakat g'arbida, Sudan bilan chegaradan 30 kilometr uzoqlikda boshlangan. Loyihaning umumiy qiymati 4,6 milliard dollarni tashkil etadi. Bu qit'adagi eng yirik GES bo'lib, quvvati 5250 MVt va to'g'on kaskadiga ega. Asosiy to'g'on balandligi 145 metr, uzunligi 1,8 kilometr.
GESning ishga tushirilishi bilan Efiopiya elektr energiyasi ishlab chiqarishni ikki barobarga oshirishni rejalashtirmoqda. Kelgusida mamlakatning barcha aholisini elektr energiyasi bilan to'liq ta'minlash, qolgan qismini esa qo'shni davlatlarga yetkazib berish rejalashtirilgan.
Abiy Ahmad to'g'on ochilishi chog'ida qurilish qo'shnilarga zarar yetkazish uchun emas, balki “butun mintaqani elektr energiyasi bilan ta'minlash” uchun mo'ljallanganligini aytdi.
2012-yildan beri Efiopiya Misr va Sudan bilan GESni ishlatish uchun Nil daryosidan foydalanish qoidalari bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Ulkan suv omborini xalqaro kelishuvlarsiz bir tomonlama boshqarish imkoniyatidan xavotirga tushgan qo'shni davlatlar haligacha bir qarorga kelmadi, deb xabar berdi report.az.








