Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda “Koʻmirtaʼminot” MCHJning Samarqand filiali “Maroqand” koʻmir ombori mudiri J.P soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, ehtiyojmand oilalarga imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim boʻlgan 50 tonna koʻmirni fuqaro A.A.ga 37,5 mln soʻmga sotishga kelishib, shundan 13,2 tonna koʻmirni ombor qorovuli X.J. yordamida yetkazib berib, kelishilgan pullar hisobidan 28 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.