Bunda, oʻqish uchun toʻlov pullari:

— Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 100 nafardan xotin-qizlar uchun har yili mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan;

— moliyaviy barqaror davlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan ularning Kengashi qaroriga asosan 50 nafargacha xotin-qizlar uchun davlat oliy taʼlim muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.