Poytaxtimizda boʻlib oʻtgan maxsus vebinarda shunday fikr bildirildi.
Mazkur tadbirda ikki tomonlama hamkorlik Oʻzbekistonning yirik va strategik ahamiyatga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi hamda oziq-ovqat tarmogʻining eksport salohiyatini rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar xususida fikr yuritildi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekistondan xorij davlatlariga sabzavot va mevalar eksporti 1,15 milliard AQSH dollarni tashkil etib, bu koʻrsatkich avvalgi yilga nisbatan qariyb 20 foizga oshgan. Yevropa Ittifoqiga umumiy eksport 31,7 million AQSH dollarni tashkil qilgan. Ammo tahlillar koʻrsatkichni yanada oshirish uchun imkoniyatlar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasidagi 2027-yilgacha boʻlgan hamkorlikka qaratilgan Koʻpyillik indikativ dasturda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasining “katta oʻsishi va eksport salohiyati” alohida qayd etilgan.
2021yilda Oʻzbekiston 6200 ta mahsulotni Yevropa Ittifoqiga bojsiz eksport qilish imkonini beruvchi GSP+ imtiyozlar tizimiga qoʻshildi. Bir necha yuzlab qishloq xoʻjaligi korxonalari Oʻzbekiston eksportni ragʻbatlantirish agentligiga maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyoti (Global GAP) sertifikatini olish uchun hujjatlarni topshirishdi.
Yevropa-Oʻzbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan tadbirda Oʻzbekistonning yirik qishloq xoʻjaligi eksportchi korxonalari rahbarlari Yevropa boʻylab oʻzbek mahsulotlariga oʻsib borayotgan talabni muhokama qilindi.