Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinsoy tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Ch.Q. “Dugʻoba” MFY hududidagi 12 sotix zaxiradagi sugʻoriladigan ekin yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab olib, yerning unumdor qatlamiga zarar yetkazgan holda uy-joy qurishni boshlaganligi aniqlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Termiz tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro K.X. “E.L.” fermer xoʻjaligiga qarashli 1 sotix sugʻoriladigan ekin yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab olib, yerning unumdor qatlamiga zarar yetkazgan holda uy-joy qurishni boshlaganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-1-moddasi (yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.