Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro va Kogon tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, fuqarolar I.Q. va I.X. “Xumin” MFY” hududidagi jami 12 sotix zaxiradagi sugʻoriladigan ekin yer maydonlarini oʻzboshimchalik bilan egallab olishib, yerning unumdor qatlamiga zarar yetkazgan holda uy-joy qurishni boshlaganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-1-moddasi (yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.