Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻshtepa tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Z.M.» fermer xoʻjaligi rahbari M.A. tuman kadastr boʻlimi sobiq mutaxassisi Z.M. orqali xoʻjalikning bogʻdorchilik yoʻnalishidagi sugʻoriladigan ekin yer maydonining 10,1 sotixiga fuqaro X.Ch.ning nomiga uy-joy qurish uchun ajratilganligi toʻgʻrisida qalbaki kadastr hujjatlarini tayyorlashga erishib, ushbu yer maydonida M.A. tomonidan oʻzboshimchalik bilan turar-joy binosi qurilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 229-1-moddasi (yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.