Ekologik vaziyat uchun tandirlar bilan kurashgan hokimga hayfsan berildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrixon tumanida havo ifloslanishini oldini olish maqsadida umumiy ovqatlanish obyektlaridagi tandirlar buzib tashlanayotgani aks etgan videolar tarqaldi.

    Tabiiyki, holatlar ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab muhokamalarga sabab boʻldi.

    Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati tuman ishchi guruhi tomonidan oʻtkazilgan reyd tadbirlaridagi ushbu holat zudlik bilan oʻrganilganini maʼlum qildi.

    Masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan tuman hokimi tuman ishchi guruhi tomonidan oʻtkazilgan reyd tadbirlariga intizomiy jazo chorasi sifatida «HAYFSAN« berildi.

    “Bunday holatlarni takrorlamaslik borasida tushuntirish ishlari olib borildi”, deyiladi hokimlik xabarida.