Qayd etilishicha, joʻmrakdan foydalanib 12 komplekt idish-tovoq yuvilganda 80-90 litr suv sarflanadi. Idish-tovoq yuvish mashinasidan foydalanganda esa atigi 9-10 litr suv kerak boʻladi.
3 daqiqa mobaynida tish yuvilganda joʻmrakdan 20-30 litr suv oqib ketadi. Agar stakanga suv olib tish yuvsangiz, 200 ml. gramm suv talab etiladi. Yaʼni 20 litrdan ortiq suv tejab qolinadi.
Avtomobil yuvganda ham tejamkor usuldan foydalangan maʼqul. Masalan, avtomobil shlang orqali yuvilganda 200 litrgacha suv sarflanadi. Idishga suv olib yuvilganda esa 20 litr atrofida suv talab qilinadi. Yaʼni 180 litr suv tejaladi.
Ushbu oddiy tavsiyalarga amal qilish orqali siz suv sarfini sezilarli darajada kamaytirishingiz mumkin, — deyiladi xabarda.