“Turkiya Alp-Himoloy halqasining o'rtasida joylashgan. Uning hududidagi barcha seysmik faollik Arab plitasining shimolga siljishi bilan bog'liq. U yiliga taxminan 2,5 santimetr tezlikda harakatlanadi. U boshqa plitaning qarshiligini qabul qilganida harakat mavjub bo'lmaydi va kuchlanish yig'ilib qoladi. Bu hududdagi oxirgi zilziladan beri 200 yil o'tdi, natijada Arab plitasi uch metrga siljidi. Zilzila paytida sodir bo'lgan siljish 200 yil davomida to'plangan siljishlar yig'indisidir, dedi ekspert.

Samvel Akopyan 7,1 magnitudali navbatdagi kuchli zilzila sodir bo'lishi mumkin bo'lgan joy Eronning shimoli-g'arbi – Turkiya bilan chegaradosh mintaqa bo'lishi mumkinligini ta'kidladi.

Olimlar tomonidan ishlab chiqilgan texnologiyalarga qaramay, ehtimoliy zilzilalarning uchta asosiy parametrini: joy, vaqt va magnitudani aniq bashorat qilishning hali ham iloji yo'q. Ayniqsa, energiyaning 70 foizi to'plangan Tinch okeani zonasi va seysmik energiyaning 25 foizini qamrab olgan Alp-Himoloy halqasini o'z ichiga olgan seysmik xavfli hududlarda. Ekspertning fikricha, bugungi kunda butun seysmologik hamjamiyat tomonidan qabul qilingan xalqaro seysmik ogohlantirish mexanizmlari mavjud emas, deyiladi mir24.tv saytida.