Koronavirusdan tuzalib ketganlarda titroq kuzatilishi o'pka vazifalarining qayta tiklanishiga bog'liq bo'lishi mumkin. Bu haqda RIA Novostiga Rospotrebnadzor Markaziy ilmiy-tadqiqot epidemiologiya instituti klinik tadqiqotlar bo'limi boshlig'i, tibbiyot fanlari doktori Tat`yana Rujentsova ma'lum qildi.
Avvalroq MDU katta ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi Zuxra Pavlova koronavirusni boshdan kechirganlarning ko'pchiligi titroqdan shikoyat qilishini ma'lum qilgan edi. Ushbu holatda markaziy asab tizimi buzilishi haqida gapirish mumkin, shu bois termoregulyatsiya markazi aziyat chekadi, deya tushuntirgan edi ekspert.
U nazariy jihatdan titroq markaziy asab tizimining zararlanishi bilan ham bog'liq bo'lishi mumkinligini tushuntirdi. Lekin bu sabab o'pkaning tiklanishidan ko'ra kamroq ehtimolga ega.
Titroq paydo bo'lganda shifokorga murojaat qilish lozim, chunki organizmda qanday jarayon ketayotganini aniqlash uchun takroran komp`yuter tomografiyasi kerak bo'lishi mumkin.