Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari Oʻzbekistondan eksport qilinadigan mahsulot guruhlari uchun yangi istiqbolli bozorlarni aniqladi.

Tahlillar quyidagi mamlakatlar istiqbolli bozorlar boʻlib xizmat qilishi mumkinligini koʻrsatdi:

— don mahsulotlari uchun — Yaponiya, Bangladesh;

— oʻsimlik yogʻi uchun — Hindiston, Xitoy, Bangladesh;

— metallar uchun — Bangladesh;

— meva va sabzavotlar uchun — Bangladesh, Singapur, Oʻmon;

— ziravorlar uchun — Hindiston, Buyuk Britaniya, Bangladesh;

— toʻqimachilik mahsulotlari uchun — Hindiston, Bangladesh, Singapur.

Qayd etish joizki, aniqlangan istiqbolli bozorlarda eng koʻp talab qilinadigan tovarlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hisoblanadi.