Gap WASP-17b ekzosayyorasi haqida ketmoqda, u Yerdan taxminan 1300 yorug'lik yili uzoqlikda, Chayon yulduzlar turkumida joylashgan.

Mazkur ekzosayyora 2009-yilda kashf etilgan. U Yupiterdan yetti baravar katta bo'lsa-da, biroq sayyora og'irligining yarmiga teng.

Sayyora o'z yulduziga juda yaqin masofada aylanadi – undagi bir “yil” atigi 3,7 Yer kuni davom etadi. Bu jihat uni spektroskopiya uchun mos obyektga aylantiradi, olimlar mazkur usulda yulduz nurlarining atmosfera orqali o'tishini kuzatishadi. Bu u yerda qaysi elementlar mavjudligini aniqlash imkonini beradi.

Avvalgi tadqiqotlar WASP-17b atmosferasida aerozollar, bulutlar yoki tuman hosil qiluvchi mayda zarrachalar mavjudligini ko'rsatdi. Yangi ma'lumotlar bulutlarning kvartsdan iboratligini aniqladi.

Zarrachalar hajmi taxminan 10 nanometrni tashkil qiladi. Ular atmosferaning o'zida hosil bo'ladi, deb xabar beradi mir24.tv.