Dunyoning turli mamlakatlaridan boʻlgan yetakchi yosh mutaxassislar bilan birgalikda u sunʼiy yoʻldosh va aerokosmik texnologiyalar boʻyicha chuqurlashtirilgan taʼlim oldi.
Oʻqish yakunida Samirbek oʻz jamoasi bilan “Eng yaxshi loyiha” nominatsiyasida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Ularning ishi uch mamlakatda, shu jumladan Oʻzbekistonda, sunʼiy mikroyoʻldoshlarni qoʻllash imkoniyatlariga bagʻishlangan edi. Taqdimotda ishtirokchilar konstruktiv yechimlar, ishga tushirish jarayoni, ionosferaning signallar kechikishiga taʼsiri hamda texnologiyani milliy dasturlarga joriy etish salohiyatini batafsil yoritib berdi, deb xabar beradi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi matbuot xizmati.








