Elbek Sultonov Oʻzbekiston delegatsiyasiga uchinchi oltin medalni taqdim qildi

    Sport 31 Avgust 2024 288

    Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida delegatsiyamiz yana bir oltinmedalga sazovor boʻldi.

    Mazkur medalni para yengil atletikachimiz Elbek Sultonov keltirdi. Yadro uloqtirish boʻyicha F12 klassida kechgan bahslarda yurtdoshimiz 16.45 metr qayd etishga erishdi.

    Mazkur natijadan keyin Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronzani tashkil qilmoqda.