Mazkur medalni para yengil atletikachimiz Elbek Sultonov keltirdi. Yadro uloqtirish boʻyicha F12 klassida kechgan bahslarda yurtdoshimiz 16.45 metr qayd etishga erishdi.

Mazkur natijadan keyin Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronzani tashkil qilmoqda.