Hujumchi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan o‘yinning 10-daqiqasida jarima maydoniga oshirilgan to‘pga yetib borib, o‘tkir burchak ostida turganiga qaramay, to‘pni parashyut uslubida raqib darvozaboni ustidan oshirib tashlab hisobni ochgan edi.

“Santimetrigacha aniq hisoblangan va mukammal ijro etilgan bu gol O‘zbekistonning jahon chempionatidagi debyutining yorqin lahzasi bo‘ldi”, deyiladi FIFA saytida.

Ovoz berish jarayonida Shomurodovning goli Lionel Messi, Kilian Mbappe va Vinisius Junior kabi yulduzlar gollaridan o‘zib ketdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z tarixida ilk bor mundialda ishtirok etdi. Guruh bosqichidagi o‘yinlarda Kolumbiya, Portugaliya hamda Kongo DR vakillariga imkoniyatni boy bergan o‘zbekistonliklar turnirni tark etdi.