Kecha ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi uchun toʻlovlarda hisobga ikki barobar pul hisoblanayotgani toʻgʻrisida xabar tarqalgan edi.

Toʻlov tizimlari bilan bogʻliq texnik nosozlik kuzatilganligi sabab, toʻlov amalga oshirilganda isteʼmolchi balansida toʻlov qoldigʻi koʻproq koʻrsatishi kuzatilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning xabar berishicha, bugun elektr energiyasi uchun toʻlov tizimlari bilan bogʻliq texnik nosozliklar toʻliq bartaraf etildi. Ayni paytda isteʼmolchilar elektr energiyasi uchun toʻlovlarni istalagan toʻlov tizimlari orqali amalga oshirishlari mumkin. Kelib chiqqan noqulaylik uchun uzr soʻraldi.