Elektr energiyasi uzilaverishi oqibatida yetkazilgan zararni kim qoplaydi?

    Energetika 15 Iyun 2023 1241

    Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari elektr tarmogʻi taʼmirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan taʼminlashdagi mumkin boʻlgan uzilishlar toʻgʻrisida kamida 3 kun oldin ogohlantirilishi lozim.

    Qonunchilikka koʻra, elektr energiyasi isteʼmolchilari elektr energiyasi toʻliq hajmda va davlat standarti darajasida yetkazib berilmaganda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki elektr taʼminoti korxonasi tomonidan yetkazilgan zararlarni belgilangan tartibda qoplashni talab qilishga haqli.

    Buning uchun isteʼmolchilar huquqini himoya qiluvchi davlat organlariga yoki tumandagi fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat qilish lozim.

    Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari elektr tarmogʻi taʼmirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan taʼminlashdagi mumkin boʻlgan uzilishlar toʻgʻrisida kamida 3 kun oldin ogohlantirilishi lozim.

    Isteʼmolchilarga elektr yetkazib berishning toʻxtatib turilishi va buning sabablari toʻgʻrisida maʼlumot berilishi shart.