Hurmatli isteʼmolchilar, ushbu maʼlumot mutlaqo yolgʻon boʻlib, bu kabi tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmasligingizni soʻraymiz.

Shuni qoʻshimcha qilamizki, ayni kunlarda aholi va iqtisodiy tarmoqlarini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida energetika sohasini isloh qilishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslarining narxlari va tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi ish jarayonida va hujjatning loyihasi muhokama uchun regulation.gov.uz ga joylashtiriladi va barchaning fikr va takliflari koʻrib chiqiladi.

Shu bilan bir qatorda, ijtimoiy tarmoq adminlaridan bu kabi asossiz va tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatganlik uchun tegishli qonunchilik hujjatlarida javobgarlik belgilanganligini eslatib oʻtamiz, deya ogohlantirmoqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati.