Oqibatda 22 turdagi elektr jihozlar va 3 turdagi dekorativ shakllarni sotib olish uchun ajratilgan 381,3 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan. Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruvda aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.