“Qorasuv“ daryosida elektr toki bilan baliq ovlaganlar ushlandi

    Yashil sayyora 16 Iyun 2025 889

    Huquqbuzarlar tabiatga 150 mln soʻm zarar yetkazgani aniqlandi.

    Qayd etilishicha, oʻrganish davomida Yangiyoʻl tumanida yashovchi 1991-yilda fuqarolar X.S. hamda 1994-yilda tugʻilgan A.G. tomonidan joriy yilning 15-iyun kuni Yangiyoʻl tumani hududidan oqib oʻtuvchi “Qorasuv“ daryosidan noqonuniy ravishda elektr toki yordamida kumush tovon baliqlarini ovlayotgani aniqlandi.

    Ushbu holat boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan huquqbuzarlar tabiatga 150 mln soʻm zarar yetkazilgani aniqlandi.

    Ashyoviy dalil sifatida 1 dona rezinali qayiq, 1dona ekran, 1 dona toʻk koʻpaytirgich,1 dona 4metrli elektr simi, 2 dona akkumulyator, 1 dona eshkaklar vaqtincha saqlash uchun Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi omborxonasiga joylashtirildi.

    Shu bilan birga mazkur holatga qonuniy baho berish uchun Toshkent viloyati Prokuraturasiga yuboriladi.