Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ulugʻnor va Xonobod tuman boʻlimlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, fuqarolar Ya.T. va D.S. oʻzlariga tegishli umumiy ovqatlanish shoxobchalari elektr jihozlarini hech qanday hujjatsiz tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 268,8 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.