Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “I.N.” va “Q.A.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari yer maydonini sugʻorish uchun oʻrnatilgan suv inshootlarini tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan elektr tarmoqlariga ulab, jami 203,9 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Shuningdek, Departamentning Bulungʻur va Jomboy tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda YATT D.A., “S.B.” hamda “T.S.H.” fermer xoʻjaliklari masʼul shaxslari tijorat maqsadida elektr tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 245 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.