«Koʻp holatlarda qarzdorligi mavjud isteʼmolchilar tarmoqdan ajratilganda ular tomonidan oʻzboshimchalik bilan qayta ulanib olish holatlari mavjud edi. ASKUE tizimi aynan shunday noqonuniy aralashishlarning oldini oladi.
Deylik, isteʼmolchi tomonidan shunday holatga yoʻl qoʻyilgan va qarzdorlik qoplangan taqdirda ham hisoblagichlar avtomatik yoqilmaydi. Buning uchun elektr taʼminoti korxonalari mutaxassislari tomonidan tegishli choralar koʻrilgach, yoqib beriladi.
Loyiha umumiy qiymati 587 million AQSH dollariga teng boʻlib, ilk bosqichi Osiyo Tarakqiyot banki tomonidan moliyalashtirgan va buning uchun 150 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻ ajratilgan.
Elektron hisoblagichlar Janubiy Koreyaning “KT Corporation” kompaniyasi hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar — “Elektron hisoblagich” QK va “Toshelektroapparat” MCHJlar tomonidan yetkazib berilmoqda».