Tender buyurtmachisi va shartnoma egasi — «Yangi O'zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyati» DK.

Sotib olish bo'yicha moliyalashtirish manbai — o'z mablag'lari.

«Global Research and Consulting» MCHJ elektron tenderni amaliy tashkil etishni amalga oshiruvchi ixtisoslashgan tashkilot hisoblanadi.

 Manfaatdor yuridik shaxslarni tenderda ishtirok etishga taklif qilamiz

Elektron tenderda taqdim etiladigan barcha shartlarni bajara oladigan O'zbekiston Respublikasi rezidentlari ishtirok etishi mumkin.

 TENDER MAVZUSI — 2024 yil mobaynida «Yangi O'zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyati» DK ehtiyojlari uchun «Yangi O'zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalarini chop etish xizmatini ko'rsatish.

Tenderning boshlang'ich bahosi – 20 449 699 200,0 so'm (QQS bilan).

 Tenderning umumiy shartlari:

  1. Buyurtmachi va tashkilotchi elektron tenderni o'tkazish xarakteri yoki natijalaridan qat'iy nazar, ishtirokchilarning xarajatlari bo'yicha javobgarlikni va majburiyatlarini o'z zimmalariga olmaydi.
  2. Kvalifikatsion hujjatlar va tender takliflari «O'zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJning maxsus https://etender.uzex.uz/ axborot portalida kecha-kunduz davomida qabul qilinadi. Maxsus axborot portalida ko'rsatilgan muddat tugagandan so'ng takliflarni qabul qilish to'xtatiladi.
  3. Tender taklifini rasmiylashtirish bo'yicha batafsil talablar xarid hujjatlarida ko'rsatilgan.
  4. Ko'rsatiladigan xizmatlar xarid hujjatlarida ko'rsatilgan texnik talablarga javob berishi kerak.
  5. elektron tender takliflari maxsus axborot portalida ko'rsatilgan tender takliflarini qabul qilish muddati tugaganidan keyin kamida 90 (to'qson) kun davomida amal qilishi kerak.
  6. Etkazib berish shartlari va muddatlari — 2024 yil davomida, haftada kamida 5 kun.
  7. Taqdim etilgan kvalifikatsion hujjatlar asosida xarid komissiyasi tomonidan ishtirokchilarning kvalifikatsion tanlovi o'tkaziladi.
  8. Quyidagi ishtirokchilar tenderda ishtirok etishiga yo'l qo'yilmaydi:

- soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha qarzdorligi mavjud bo'lgan yuridik shaxslar;

- ularga nisbatan bankrotlik taomili qo'llanilganlar;

- Yagona reestrga kiritilgan insofsiz ijrochilar;

- qayta tashkil etish yoki tugatish bosqichida bo'lganlar;

- kvalifikatsion saralash uchun belgilangan muddatda barcha zarur hujjatlarni taqdim etmaganlar;

- tender hujjatlari talablariga javob bermaydigan kvalifikatsion hujjatlarini taqdim etganlar;

- Buyurtmachi yoki benefitsiar bilan muqaddam tuzilgan shartnomalar bo'yicha majburiyatlarni risoladagidek bajarmaganlar;

- xarid qilinayotgan yoki muqobil tovar (xizmat)ni etkazib berish bo'yicha tajribaga ega bo'lmaganlar;

- tender e'lon qilinishiga qadar 6 oydan kam bo'lmagan muddatdan oldin ta'sis etilganlar;

- Buyurtmachi yoki O'zbekiston Respublikasida shu kabi tovarlar (xizmatlar)ni etkazib berish bilan bog'liq tashkilotlar bilan sud yoki arbitraj muhokamasi holatida bo'lganlar;

- ta'sischilari bir xil bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslar bo'lgan ishtirokchilar;

- imtiyozli soliq rejimini ta'minlaydigan va/yoki moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ma'lumotlarni oshkor qilish va taqdim etishni ta'minlamaydigan davlatlar yoki hududlarda ro'yxatdan o'tgan va bank hisob raqamlariga ega bo'lgan ishtirokchilar, shuningdek ularning ta'sischilari (offshor zonalar ro'yxati tender hujjatlariga ilova qilinadi).

 Ishtirokchilar uchun tender shartlari:

  1. Mahsulot (xizmat) bahosi milliy valyutada ko'rsatilishi kerak.
  2. To'lov shartlari:

- har oy yakunida hisob-faktura va bajarilgan ishlar dalolatnomasi taqdim etilganidan keyin besh (5) bank kuni ichida 100 foiz miqdorida

- to'lov milliy valyutada naqd pulsiz amalga oshiriladi.

Batafsil ma'lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: O'zbekiston Respublikasi, 100100, Toshkent shahri, SHota Rustaveli ko'chasi, 45-uy, 4-qavat, 414-xona, «Global Research and Consulting» MCHJ.

 Aloqa uchun mas'ul shaxs — Shosalimov Muzaffar Suhrobovich.

Telefonlar: (+998 71) 255-35-03, (+998 90) 350-96-97.

Vebsayt: www.grc.uz, e-mail: tendergrc@mail.ru.