“O'zeltexsanoat” uyushmasi xabariga ko'ra, O'zbekistonda joriy yil 11 oy yakunlariga ko'ra, elektrotexnika sanoatidagi tarmoq korxonalari eksporti yarim milliard (508,0 mln. dollar) so'mdan oshdi.
Mahsulotlarning Tojikistonga eksporti 1,8 barobarga, Qozog'istonga eksporti 2,0 barobarga, Rossiyaga eksporti 2,2 barobarga va Gruziyaga eksporti 2,0 barobarga oshgan.
Shuningdek, O'zbekistonda ishlab chiqarilgan elektrotexnika mahsulotlari eksport qilingan davlatlar qatoriga Yaman, Tanzaniya, Ruminiya, Albaniya va Moldova ham qo'shildi.