“Bir xil taʼsir (xuddi alkogol taʼsiri kabi) — bu koviddagi asosiy yoʻnalish sanaladigan qon tomirlarining qisilishi va qonning quyuqlashishi. Organizmga har qanaqangi virusning taʼsir oʻtkazishda qon quyuqlashishi kuzatiladi, qon tomirlari torayadi, va keskin tromb shakllanadi — bularning hammasi bir xil xavf-xatarlar. Ulardan xalos boʻlish uchun alkogol ichimliklari ichmaslik kerak, v chekmaslik kerak”, — deb soʻzlab berdi TASSga Xodanova nomidagi immunokorreksiya markazi direktori Lyudmila Lapa.

Lapa chekuvchilarga emlangandan keyin antikoagulyantlar qabul qilishni tavsiya etadi. Ular qondagi uyushqoqlik tizimining faolligini susaytiradi, hamda tromblar paydo boʻlishining oldini oladi. “Chekish aniq mumkin emas”, — deb ogohlantirdi u.

Pulmonolog-shifokor Aleksey Nikishenkovning TASSga tushuntirishicha, emlangandan keyingi chekish organizm uchun qoʻshimcha stresslar keltirib chiqarishi va noxush holatlar keltirib chiqarishi mumkin ekan.

“Emlangandan keyin immunitet faol ishlaydi, bunda inson grippga oʻxshash holatni boshdan kechirishi mumkin: tana haroratining qaltirash darajasigacha koʻtarilishi, intoksikatsiya, lanjlik, bosh ogʻrigʻi, ishtahaning yoʻqolishi, va hokazolar kuzatilishi mumkin. Albatta, tashqi taʼsir — chekish, zaharli moddalarni nafas orqali yutishdan kelib chiqadigan organizm intoksikatsiyasi bu organizm uchun qoʻshimcha stress”, — deb tushuntirdi u.

Nikishenkov emlangandan keyin elektron sigaretlarni ham chekishdan tiyilishni tavsiya etdi.