Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, enaga (36 yoshli R.Z. (ayol) uyda hech kim boʻlmaganidan foydalanib, xonadon egasining yotoqxonasida joylashgan javon ichidagi pullarini va tilla taqinchoqlarini oʻgʻirlagan. Tergov jarayonida undan ashyoviy dalil tariqasida jabrlanuvchiga tegishli boʻlgan taqinchoqlari, 2500 AQSH dollari rasmiylashtirib olingan.
Bundan tashqari, ayol oʻgʻirlangan pul mablagʻlarini bir qismini, yaʼni 22,7 mln pullarni milliy valyutaga aylantirib, oʻzining bank plastik kartasiga tushirib olgani aniqlangan.
Hozirda R.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Enaga qamoqqa olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.