Qarorga koʻra, 2022-yil 1-apreldan “UzAuto Motors” AJ tomonidan avtomototransportni xarid qilish boʻyicha shartnoma tuzgan shaxsga avtomatik ravishda rasmiylashtiriladigan hisob-maʼlumotni Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xizmatiga faqat elektron shaklda taqdim etish amaliyoti joriy qilinadi.

Mazkur tartib orqali avtomobil sotib olishda haqqoniy xaridorlarga ustuvorlik beriladi. Yaʼni fuqarolarning avtomototransport sotib olish uchun olgan shartnomalarini boshqa shaxslarga sotishining oldi olinadi. Shartnoma kimning nomiga rasmiylashtirilib Yoʻl harakati xizmati bazasiga kiritilgan boʻlsa, avtotransport oʻsha shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.