Hujjatga ko'ra, Mualliflik huquqi ob'ektlarining yagona bazasini yuritish, texnik ta'minlash hamda mualliflik huquqi ob'ektlarining elektron nazorat nusxalarini bazaga kiritish Intellektual mulk markazi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Ob'ektning elektron nazorat nusxalari depozitariylar tomonidan joylashtiriladi.
Yagona ma'lumotlar bazasida quyidagilar saqlanadi:
- adabiy, drama va stsenariy asarlar;
- matnli yoki matnsiz musiqiy asarlar;
- xoreografiya asarlari va pantomimalar;
- audiovizual va fotografiya asarlar;
- rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn ishi va boshqa tasviriy san'at asarlari;
- barcha turdagi elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar.
Mualliflik huquqi ob'ektining elektron nazorat nusxalari Yagona bazada muddatsiz saqlanadi. Yagona bazaga kiritilgan ma'lumotlar tanishib chiqish uchun ochiq hisoblanadi.