Endi kitob oʻqib sovgʻasiga elektromobil yutib olish mumkin!

    “Yosh kitobxon” tanlovi gʻoliblari uchun Prezident sovgʻasi – elektromobil beriladigan boʻldi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida maʼlum qildi.

    Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev jumladan, shunay deydi:

    “Yosh kitobxon” tanlovi yildan yilga kitobxonlarimiz uchun keng imkoniyatlar taqdim etayotganini maʼlum qilamiz. Endilikda, barcha adabiyotlarni siz nafaqat elektron shaklda oʻqishingiz balki “Mutolaa” ilovasi (Play Market / App Store) orqali audioshaklda ham tinglashingiz mumkin. Final gʻoliblariga esa Prezident sovgʻasi elektromobil nasib qiladi».

    Tanlovda ishtirok etishni istagan yosh kitobxonlar @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.