Mediaturda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ, “Temir yo‘l vokzallari” MCHJ mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Mazkur
tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi “Temiryo‘l
sohasini tubdan isloh qilish to‘g‘risida”gi 329-sonli qarori ijrosini ta’minlash
doirasida amalga oshirildi.
“O‘zbekiston
temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati, shuningdek, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ va “Temir
yo‘l vokzallari” MCHJ tomonidan bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Vokzallarda nafaqat yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratish, balki tadbirkorlik
faoliyati uchun ham imkoniyatlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2017 yilda
tubdan rekonstruktsiya qilingan “Toshkent-Janubiy” temir yo‘l vokzali bugungi kunda
mamlakatimizning yirik transport uzellaridan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda
mazkur vokzaldan bir sutka davomida 19 ta yo‘nalish bo‘yicha 10 ming nafardan ortiq
yo‘lovchi foydalanmoqda.
Tadbir davomida, “Toshkent-Janubiy” vokzal boshlig‘i
Doston Sotvoldiyev bugungi kunda temir yo‘l sohasida, xususan
vokzal hududida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.
— Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida
vokzal oldidagi harakat ancha soddalashtirildi. Endi avtomobillar vokzal hududiga
bemorol kirib, kelayotgan yoki kuzatilayotgan yo‘lovchilarni tushirib ketishi mumkin.
Ilgari vokzal hududiga kirish nazorat punktlari orqali amalga oshirilgan bo‘lsa,
hozirda bu jarayon ancha yengillashtirildi va hatto kuzatuvchilar ham vokzal
hududiga bemorol kirish imkoniyatiga ega. Bu esa yo‘lovchilar uchun yanada qulaylik
yaratmoqda. Vokzal hududida yo‘lovchilarning har qanday ehtiyoji uchun zarur
infratuzilma mavjud, — deydi Doston Sotvoldiyev.
— Mahalliy yo‘nalishlardan tashqari, shaharlalararo
qatnovlar ham yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Prezident tashabbusi bilan ochilgan
Toshkent — Chinorkent elektropoezdi ham aynan Toshkent-Janubiy vokzalidan
qatnaydi.
Shu bilan
birga, vokzal hududida tadbirkorlar uchun ham keng imkoniyatlar yaratilgan.
Hozirgi kunda bu yerda 20 dan ortiq tadbirkor faoliyat yuritmoqda.
Tadbirkorlik
faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibiga ko‘ra, tadbirkorlar o‘z faoliyati haqida ma’lumot
beradi, shundan so‘ng hudud e-auksion platformasiga joylashtiriladi va ijara
shartnomasi asosida faoliyat yuritadi. Shartnomada barcha talablar — yong‘in
xavfsizligi, sanitariya me’yorlari va boshqa qoidalar aniq belgilab qo‘yilgan.
Tadbirkorlar o‘z faoliyatini aynan shu talablar asosida olib boradi deydi, “Toshkent-Janubiy”
vokzal boshlig‘i.
Bundan
tashqari, vokzalda jahon andozalariga mos servis xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan, VIP va kutish zallari zamonaviy jihozlangan bo‘lib, barcha qulayliklarga
ega. Yo‘lovchilar uchun “Ona va bola”xonasi, elektron kutubxona, Wi-Fi internet
xizmati, tibbiyot xonasi, yuk aravachalari, nogironlar uchun maxsus aravachalar,
mobil qurilmalarni quvvatlash nuqtalari, elektron ma’lumotlar tablolari va
liftlar xizmat ko‘rsatmoqda.
Vokzal
hududida joylashgan ikkita 14 metrlik zamonaviy favvora esa nafaqat iqlim
musaffoligini ta’minlab, balki uning tashqi ko‘rinishiga ham alohida joziba
bag‘ishlamoqda.
So‘nggi
yangiliklardan biri sifatida shuni aytish shumkinki, endilikda yo‘lovchilarni kuzatib
keluvchilar uchun vokzal hududiga hujjatsiz kirish imkoniyati yaratildi. Bundan
tashqari, avtoturargohlar tashkil qilinib, avtomobillar vokzalning kirish
qismigacha erkin harakatlanishi ta’minlandi. Elektron tablolalar va axborot
terminallari soni ham oshirildi.
Vokzalda 100
nafarга yaqin ishchi-xizmatchi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Ushbu vokzal orqali
Toshkent – Xiva, Toshkent – Buxoro, Toshkent – Termiz, Toshkent – Qo‘ng‘irot, Andijon
– Urganch kabi ko‘plab mahalliy hamda shaharlalararo yo‘nalishlarda poyezdlar qatnaydi.
Yo‘lovchilar
xavfsizligini ta’minlash maqsadida vokzal hududida zamonaviy metall ramkalar va
intraskop uskunalari orqali tekshiruv tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Mediatur
davomida vokzal hududida “Qo’noq South Railway Hotel” mehmonxonasi ochilish
marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Mazkur mehmonxona 2025 yilda e-auksion elektron savdo
platformasi orqali ijaraga berilgan bo‘lib, 488 kvadrat metr maydonda tashkil
etilgan.
– Ushbu
mehmonxona bir vaqtning o‘zida 70 nafargacha mehmonni qabul qilish imkoniyatiga
ega. Janubiy vokzal hududida joylashgan mazkur mehmonxonani ochish uchun taxminan 2
milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Yaqinda faoliyat boshlagan ushbu mehmonxonada
mehmonlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Bu yerda turli to‘lov qobiliyatiga
ega bo‘lgan mehmonlar uchun qulayliklar mavjud. Jumladan, eng arzon xonalardan
tortib, eng qimmat lyuks xonalarigacha. Mehmonxona nafaqat turistlarni, balki
guruh bo‘lib keladigan talabalar, o‘quvchilar, sport musobaqalari va
olimpiadalarga tashrif buyuradigan ishtirokchilarni ham qabul qilishga mo‘ljallangan
– deydi, “Qo‘noq” Hotels MCHJ rahbari Abduqayum Abdullayev.
Shuningdek,
tadbirkorlik faoliyati uchun O‘zbekistonda yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritar
ekan, rahbar e-auksion portali orqali aeroport va vokzal hududlaridan joylarni
uzoq muddatli ijaraga olish va ularni ta’mirlab, faoliyat yuritish imkoniyati
mavjudligini, bu esa tadbirkorlar uchun katta qulaylik yaratayotganligini alohida
ta’kidladi.
Bir so‘z
bilan aytganda, “Toshkent-Janubiy” temir yo‘l vokzalida amalga oshirilayotgan
islohotlar yo‘lovchilar uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratishga xizmat
qilmoqda. Bu esa mamlakatimizda transport infratuzilmasini rivojlantirish
yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri hisoblanadi.
Zulxumor
Akbarova
Lobar Boboxonova