Qayd etilishicha, masofadan turib nikohdan oʻtish uchun avval yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtiladi va nikohni qayd etish uchun FHDY organiga ariza yuborish xizmatidan foydalaniladi.
Shundan soʻng ariza beruvchilar oʻzi haqidagi maʼlumotlarni kiritadi hamda arizani davom ettirish uchun invoys raqamini arizaning boshqa ishtirokchisiga taqdim etadi.
Ikkinchi taraf arizani tasdiqlagan holda invoys raqamini kiritib, xizmatdan foydalanishda davom etadi.
Keyingi bosqichlarda ariza beruvchilar uchun qulay boʻlgan FHDY boʻlimi, nikoh marosimi qanday tartibda oʻtkazilishi tanlanadi.