Nizomga koʻra, notariuslar tomonidan nikoh shartnomasi notarial idora binosida, videokonferensaloqa orqali yoki murojaat qiluvchilarning xohishiga koʻra sayyor tartibda rasmiylashtiriladi.
Murojaat qiluvchi shartnomani rasmiylashtirish uchun notarial idoraga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki YAIDXP (my.gov.uz) yoxud “E-notarius.uz” axborot portali orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Notarius murojaat qiluvchi(lar)ning shaxsiga aniqlik kiritadi.
Shartnomani tasdiqlashda notarius quyidagilarni aniqlaydi:
- taraflarning nikoh yoshiga yetganligini;
- taraflar oʻrtasida nikoh tuzilgan yoki tuzilmaganligini;
- taraflardan birining boshqa shaxs bilan nikohi qayd etilmaganligini;
- ilgari shartnoma tuzilmaganligini.
Toʻlovlar amalga oshirilib, shartnoma loyihasi toʻliq tayyor boʻlgandan soʻng, taraflar shartnomani imzolash uchun notarius huzuriga bir vaqtda taklif etiladi.
Shartnomaning barcha nusxalarini taraflar familiyasi, ismi va otasining ismini toʻliq yozib notarius ishtirokida shaxsan imzolaydilar.