Oʻzbekistonda eng koʻp va eng kam nikohlar qaysi hududlarda qayd etildi?

    2024-yilda Oʻzbekistonda 271 776 ta nikoh tuzilgan. Bu — har 1000 nafar aholiga 7,3 ta nikoh toʻgʻri keladi, degani.

    Solishtirish uchun, ushbu koʻrsatkich Qozogʻistonda – 6,1 foiz, Qirgʻizistonda – 6,2 foiz, Moldova va Belorusda – 5,1 foiz, Armanistonda – 5,1 foiz, Ozarbayjonda esa – 4,9 foiz.

    Demak, Oʻzbekiston bu jihatdan qoʻshni va ayrim yevropa davlatlaridan yuqori koʻrsatkichga ega.

    Hisob-kitoblarga koʻra, mamlakatimizda har 2 daqiqada – 1 ta, har soatda – 31 ta, har kuni esa – 743 ta nikoh qayd etiladi.

    Jami nikohlarning 136 713 tasi (50,3 foiz) shaharlarda, 135 063 tasi (49,7 foiz) qishloq joylarda roʻyxatga olingan.

    Eng yuqori nikoh koʻrsatkichi Qashqadaryo (8,1 foiz), Xorazm (8,1 foiz) va Surxondaryo (8,0 foiz) viloyatlariga toʻgʻri keladi.

    Tuman va shaharlar kesimida esa quyidagilar yetakchi:

    • Shayxontohur (10,8 foiz)
    • Bektemir (9,5 foiz)
    • Sergeli (9,3 foiz)
    • Termiz (9,3 foiz)
    • Koʻkdala (9,2 foiz)
    • Bandixon (9,0 foiz)
    • Soʻx (9,0 foiz)

    Eng past nikoh koʻrsatkichi quyidagi hududlarda kuzatilgan:

    Tomdi (3,2 foiz), Moʻynoq (4,7 foiz), Ohangaron (4,8 foiz), Qoraoʻzak (4,8 foiz), Shumanay (5,0 foiz) va Uchquduq (5,0 foiz).