Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PF-74-son Farmoni bilan tasdiqlangan roʻyxatda 34 ta kasallik turi aniq belgilangan.

2022-yilning 1-aprelidan boshlab, ushbu kasalliklarga chalingan bolalarning qonuniy vakillariga (ota-onalariga) 500 ming soʻm miqdorida parvarishlash nafaqasini tayinlash nazarda tutilgan.

Buning uchun murojaatchi my.gov.uz dagi “Nafaqa tayinlash uchun ariza berish” xizmatidan foydalanishi va nafaqa turi sifatida “Parvarishlash nafaqasi” bandini tanlab, ariza yuborishi lozim.

Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi.

Fuqaroning nafaqaga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan elektron shaklda JSHSHIR (PINFL) orqali tekshiriladi. Murojaatchi nafaqa tayinlanganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida xabardor etiladi.

Maʼlumot uchun: Joriy yilning 1-aprelidan hozirgi kunga qadar 500 dan ortiq parvarishlash nafaqalari tayinlangan.