Endi jinoyat protsessiga ingliz huquqidagi davlatlarda ijobiy natija bergan “Xalq vakillari hayʼati” instituti bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Bunda oʻta ogʻir va jamiyatda shov-shuvga sabab boʻlayotgan jinoyatlar jamoatchilik vakillari ishtirokida koʻrib chiqilishi sud hukmining yanada adolatli boʻlishiga xizmat qiladi.

“Sud qarorlari ijrosini soʻzsiz taʼminlamay turib, fuqaro va tadbirkorlar huquqining ishonchli tiklanishiga erishib boʻlmaydi. Shu bois, majburiy ijro jarayoniga samarali muqobil mexanizmlarni ham kiritamiz”, – dedi davlatimiz rahbari.