Endilikda 16 million gektar yaylov yerlarini boshqarish Veterinariya qoʻmitasiga oʻtkaziladi

    Davlatimiz rahbari aholi koʻpayib borayotgan sharoitda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha eng katta zaxiramiz – yaylovlar ekaniga eʼtibor qaratdi.

    Soʻnggi vaqtlarda yurtimizda chang boʻronlari tez-tez sodir boʻlayotgani qayd etildi.

    Bunga global iqlim oʻzgarishi bilan birga noqonuniy daraxt kesilishi, suv kamayishi, tartibsiz chorva boqilishi oqibatida choʻl yaylovlari degradatsiyaga uchrayotgani ham sabab boʻlmoqda. Choʻllardagi oʻsimliklar turlari ham keskin kamaygan.

    Davlatimiz rahbari aholi koʻpayib borayotgan sharoitda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha eng katta zaxiramiz – yaylovlar ekaniga eʼtibor qaratdi. Shu bois, yaylovlardan foydalanishga ehtiyoj yildan yilga koʻpayib borayotgani taʼkidlandi.

    Endilikda 16 million gektar yaylov yerlarini boshqarish Veterinariya qoʻmitasiga oʻtkazilishi belgilandi.

    Qoʻmitaga yil yakunigacha choʻllarni degradatsiyadan chiqarish boʻyicha uch yillik dastur tayyorlash topshirildi. Kelgusi yilda bu maqsadlar uchun dastlab 50 million dollar grant mablagʻlari jalb etiladi.