Qayd etilishicha, endilikda harbiy xizmatga shartnoma asosida ishga kirish uchun my.gov.uz orqali onlayn ariza qoldirish mumkin.
Onlayn ariza berish uchun avval my.gov.uz portaliga kiriladi va roʻyxatdan oʻtiladi. Soʻng tegishli xizmat tanlanadi va soʻralgan maʼlumotlar toʻldiriladi. Barcha maʼlumotlar toʻgʻriligi tasdiqlangach “Yuborish” tugmasi bosiladi.
Yoʻllangan ariza va maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan qonunchilikda belgilangan muddatda oʻrganilgach natijasi talabgorga elektron shaklda maʼlum qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, arizada keltirilgan maʼlumotlar toʻgʻriligiga nomzodning shaxsan oʻzi javobgar boʻlib, soxta yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etiladigan boʻlsa, talabgor saralashdan chetlashtirilishi mumkin.