Nizom chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidagi muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tanlab olish tartibini belgilaydi.
Chaqiriluvchilar tanlovda 1-yilda faqat 1-marta ishtirok etishi mumkin.
Tanlov chaqiruv yilidan avvalgi yilning 10-avgustidan chaqiruv yilining 10-fevraliga qadar oʻtkaziladi.
Chaqiriluvchi bilan suhbat oʻtkazish orqali uning quyidagi maʼlumotlariga aniqlik kiritiladi:
- harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishi va ishtiyoqi;
- huquqbuzarliklar sodir etgani, javobgarlikka tortilgani va sudlangani bilan bogʻliq holatlar;
- sogʻligʻining holati;
- bilim darajasi;
- oilaviy sharoiti va boshqalar.
Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi quyidagi umumjismoniy normativlarni qabul qilish orqali baholanadi:
- turnikda tortilish;
- 100 metrga yugurish;
- 3000 metrga yugurish.
Tanlov yakunlari boʻyicha chaqiriluvchini tavsiya etish yoki tavsiya etmaslik boʻyicha tegishli xulosa qabul qilinadi.



