Endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uygʻunlashadi

    Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi oʻqigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi.

    Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan oʻqishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi.

    Kasbi boʻyicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.

    Endi oliygoh, vazirlik va korxonalarga tegishli laboratoriyalarning yagona onlayn platformasi yaratiladi.

    Qaysi laboratoriyada qanday uskuna bor, ular qanday sinovlar qila oladi va qanday quvvatlarda ishlayapti, degan savolga javob boʻladi.

    Yosh olimlar tadqiqotlari uchun kerak boʻlgan uskuna, butlovchi qism va kimyoviy vositalar bojdan ozod qilinadi.