Koʻplab koʻrgazmalarda qatnashish uchun oldindan 100 foizlik toʻlovni amalga oshirish talab etilayapti. Lekin bizda 15 foiz miqdorda avans toʻlanadi, qolgan qismi yarmarka tugaganidan soʻng oʻtkazib beriladi.

Davlatimiz rahbari bu tizimni toʻliq qayta koʻrib chiqish kerakligini taʼkidladi. Endilikda tadbirkorlarning xarajati ularning reytingidan kelib chiqib qoplab berilishi belgilandi.

Bunda, yuqori va oʻrta reytingga ega boʻlgan tadbirkorlar uchun koʻrgazmalarda qatnashish xarajati 100 foiz oldindan toʻlab beriladi. Past reytingga ega boʻlganlar koʻrgazmada ishtirok etganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgandan keyin xarajatining 50 foiz qismi qoplab beriladi.

Bu mexanizm tajriba sifatida 1-yil davomida amal qilishi taʼkidlandi.