Bu haqda endokrinolog, ovqatlanish mutaxassisi Natalya Lazurenko aytib o'tdi.

Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, gazlangan shirin ichimlikning har qanday turini tez-tez iste'mol qilmaslik kerak, ayniqsa, agar odamda oshqozon-ichak kasalliklari, xususan, gastrit, gastroduodenit, kolit, divertikulit bo'lsa.

Gazlangan shirin ichimliklar hozirgi avlod uchun katta muammoga aylangan, chunki ko'pincha o'smirlar uni oddiy suv o'rniga chanqog'ini qondirish uchun iste'mol qiladi. Ammo bunday ichimliklar tarkibida shakar ko'pligi tufayli metabolizmni buzadi, bu kuchli energiya resursi – organizm uni hazm qilish uchun ko'p mehnat qilishi shart emas. “Bu energiya tezda qon oqimiga kiradi va glyukoza darajasini oshiradi”, deb ta'kidladi mutaxassis.

Odamlar shakarli gazlangan ichimliklarni asosiy taomlar o'rniga ichishi odatiy holga aylangan, chunki shakar ochlik hissini tezda bartaraf etishi mumkin. Natijada ortiqcha energiya to'planib, keyin yog'ga aylanadi, vazn ortishi va tanadagi suyuqlikni ushlab turilishiga olib keladi. Uglevod va yog' almashinuvi buziladi, bu metabolik sindrom, semizlik va qandli diabet kabi turli kasalliklarni yuzaga keltiradi, deyiladi mir24.tv saytida.